4
yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari
mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi
kamayib,
import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga
qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining sust o‘sishi fan-
texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga
qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘rniga aksincha, oshishi
holati yuz berishi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar
mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar –
islohotlarimizni
yanada
chuqurlashtirish
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash,
diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni
kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va
cheklovlarni
bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni
hal etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va
xalqning talablari bizning oldimizga amaliy echimini topish lozim bo‘lgan yangi
va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. “O‘zbekistonni rivojlangan
mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal
islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz”
1
. Hayotning o‘zi
oldimizga qo‘ygan ushbu murakkkab muammolarni tezroq hal qilish, ularning
echimini
izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini
chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor
iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, ziddiyatli va
chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy
o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning, ilm-fanni rivojlantirib,
raqamli iqtisodiyotga o‘tishning maqsadi va mohiyatini
chuqurroq bilishlariga
bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-
qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-
birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish, yangi texnika
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
5
va texnologiyalarni, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab, mehnat unumdorligini oshirish
yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.
“Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”
1
.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga
ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni
bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining
roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini
shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish,
iqtisodiy bilimlarini, madaniyatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalarni bajarish
orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda
yashayotgan hamma
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot
taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy
mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri
taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham
o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning
intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.
Doimiy o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit va uning insonlar,
korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta’sirini kuzatib,
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar va iqtisodiy faoliyat jarayonlarini
oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqacha qilib aytganda,
Dostları ilə paylaş: