14
to‘htovsiz
harakati
takror ishlab chiqarish
deyiladi. Takror ishlab chiqarish
quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1)
ishlab chiqarish jarayoni;
2)
taqsimlash jarayoni;
3)
ayirboshlash jarayoni;
4)
iste’mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
Barcha tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli,
u takror ishlab
chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab
chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan
narsalar bo‘lmaydi.
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin
maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug‘ qadash va unib chiqib,
to hosil
etishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash;
donni tegirmondan chiqarib,
un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki
nonvoyxonalarda non tayyorlash. O‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli
bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin
maydonini
haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun seyalkalar;
g‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni
yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun non zavodlari, tandirlar va hokazo.
Agar bu vositalarning birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi
yoki samaradorligi pasayib ketadi.
Dostları ilə paylaş: