24
bo‘ldi. Ayirboshlashning ekvivalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik
muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar
foydasiga qayta taqsimlanadi,
natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo‘lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot
nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha,
iqtisodiyotda ijobiy
savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy
ishlab chiqarish va savdoni o‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim
fiziokratlar
deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o‘laroq,
boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdilar.
Ularning vakili bo‘lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini
(1758) yozdi va
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini
ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari
surdi. Uning fikricha almashuv
yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv
jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro‘y beradi, tovarlarning
qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening ta’limotida sof
mahsulot nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi.
Uning fikricha, yalpi ijtimoiy
mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan.
F.Kene sof mahsulot bilan qo‘shimcha mahsulotni chalkashtirib, ikkalasini aynan
bir narsa deb tushunadi. U qo‘shimcha qiymat dehqonlarning qo‘shimcha mehnati
samarasi sifatida
yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo‘shimcha
qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi,
deb tushuntiradi
1
. Bu yerda u o‘zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol
qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo,
Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo‘yicha
qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib,
boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: