22
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu
intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga
yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy,
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi.
Biz ming yillar osha bizgacha etib kelgan muqaddas Qur’oni Karim, hadislar,
Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari
,
bobolarimiz
Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr
Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek,
Zaxiriddin Muxammad Bobur asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi
uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish
kerakligi qayta-qayta
uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn
Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini
rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-
ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil
xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab
mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha
mahsulot
tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni
ayirboshlash jarayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish
shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning
nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan
1
.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va
«Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga
bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining
va oilasining
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga
chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab
1
A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.O‘rmonov. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002, 42-bеt.
23
chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni
halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi
1
.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Markaziy Osiyoning
ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot
nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina
mamlakatlarda milliy
bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod»
nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos»
- uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik yuritish
qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz
iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati»
nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni
boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni
tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy va
boshqa hayotiy vositalarni
ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb
yozgan edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy
oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u
qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan.
Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi
Dostları ilə paylaş: