25
va boshqa xo‘jalik sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va
“hamma
boylikning onasi er, otasi mehnat”
, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar.
Shuni
aytish kerakki, A.Smitning «ko‘rinmas qo‘l» prinsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga
olinmoqda. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida
tadqiqot» (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat xususiy
manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson o‘z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni
foyda
olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat
turini yaratadi,
boshqalarga yetkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu
intilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va
boshqa resurslarning erkin
harakatini ta’minlash prinsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb
nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo‘ldi.
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o‘rganishga ilmiy yondashuv
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli qo‘lladilar. Aynan
ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning «boylikning manbai – savdo»,
fiziokratlarning “boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi” degan g‘oyalarining
to‘g‘ri emasligini, cheklanganligini isbotladilar.
Ikkinchidan, iqtisodiyot to‘g‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlarni klassik
maktab namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar.
Bu narsaga ular
birinchi bo‘lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va
iste’mol o‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo‘ldi.
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko‘zga ko‘ringan
tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning
mohiyatini, ular o‘rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar,
shuningdek,
kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim
hissasi bor. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson
baxti yo‘lida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i
lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalistik iqtisodiy tuzumni tanqid qilish bilan bir qatorda
undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon,
Sharl Fure,
26
Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy
mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin
Dostları ilə paylaş: