31
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi
va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni
ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi
zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi
ajratib ko‘rsatiladi:
1)
bilish vazifasi
– har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham
fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari,
boshqa
moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi
fikrlarimizni kengaytiradi.
Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish,
iqtisodiyotning turli jabhalarida qo‘lga kiritilayotgan
yutuq va muvaffaqiyatlarni
baholash uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash
darajasini oshiradi;
2)
amaliy vazifa
– amaliy iqtisodiyotning
asosiy maqsadi cheklangan
resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va shu asosda
o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib,
cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha
xarajatlar miqdori
bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir;
Dostları ilə paylaş: