30
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida
bildirilgan barcha
fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim
kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan
munosabatlarni o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lsa, «Ekonomiks»da va
keyingi paytlarda Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko‘pchiligida
asosan
kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo‘lgan munosabatini, xatti-
harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishga
alohida e’tibor berilib, masalaga tor doirada (faqat ishlab chiqarish jarayonidagi
munosabatlar) yoki bir tomonlama (faqat kishilarning
moddiy ashyolarga
munosabati) yondashuvga yo‘l qo‘yilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham,
bu tomonini
ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga va
tor doirada qarashga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har
qanday ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari,
moddiy
vositalar, pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi.
Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga,
ulardan unumli foydalanishga bo‘lgan
munosabat, ishlab chiqarish omillarining
o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirida o‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech
qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan,
boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi.
Ular ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o‘zaro
munosabatda bo‘ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o‘z xulq-
atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar.
Mana shularni hisobga olib,
Dostları ilə paylaş: