Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3)
uslubiy vazifasi
– iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, bilish uslublari, 
tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar 
va kategoriyalar boshqa ijtimoiy tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat 
qiladi; 
4)
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi
– ushbu vazifa shundan iboratki, uning 
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmini o‘rganuvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga 
singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy 
mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon 
miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini 


32 
ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani talaba yoshlarga ishlab 
chiqarilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning inson mehnatining 
mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash 
ruhida tarbiyalaydi.
1.4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy 
qonunlar va kategoriyalarni ham o‘rganadi. 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. 
Masalan, qiymat qonuni 
turli tovarlar o‘rtasidagi ekvivalentlikni, o‘lchovdoshlik kabi aloqalarni ifodalaydi. 
Talab qonuni esa, talab bilan baho o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, 
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning 
xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga 
turkumlaydi:

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin