Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ikki tomonlama 
yondashuv usuli 
muhim o‘rin tutadi.
 
Bunda barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar 


40 
bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomon birligidan iborat deb qaraladi. Masalan, 
tovar qiymati va naflilikning birligidan iborat degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi 
va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish 
tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin
1

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda 
taqqoslash, statistik, 
matematik va grafik usullaridan
keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda 
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini 
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini
ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi. 
Xulosalar 
 
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning to‘htovsiz o‘sib borishi va 
iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo‘lini 
izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni echish zaruriyati kishilar oldiga 
quyidagi muammolarni qo‘yadi:
a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur 
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb 
qilish; 
b) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
c) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga 
jalb qilish, resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish; 
d) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi. 
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va 
unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va 
1
Bu usulning nazariy va amaliy jihatlari va uni qo‘llashning ahamiyati проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова 
«Инновационние методи в преподавании экономической теории»; Sh.Shodmonov, M.Raxmatov “Iqtisodiyot 
nazariyasi” fanining ikki chigal tuguni va uning еchimi. Monografiya. Toshkеnt: Iqtisodiyot, 2019 yil nomli 
kitoblarida batafsil bayon etilgan. 


41 
qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga 
ta’kidlash lozimki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va 
doimiy haqiqatga ega deb bo‘lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan 
haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy 
asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini 
ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi. 
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari va 
kategoriyalari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat 
ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy 
jarayonlarni to‘g‘ri hal qilib bo‘lmaydi. 
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashashi 
hamda faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish 
mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasi fanining bilish, amaliy, uslubiy va g‘oyaviy-
tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan 
so‘ng, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik, milliy g‘urur, 
yangilikka intilish, tejamkorlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasi 
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin