43
Iqtisodiy kategoriya
– barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat
– ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari,
qonun-qoidalari va
aniq hadislari.
Ilmiy abstraksiya usuli
– tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan
ikkinchi
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan
jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1.
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
2.
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
3.
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
4.
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish
va yetkazib berish
insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?
5.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa
iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
6.
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida
qanday ilmiy maktab va
yo‘nalishlar vujudga kelgan?
7.
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning
bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
8.
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud?
Iqtisodiy
qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi?
9.
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
10.
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan
iborat?