Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iqtisodiy faoliyat
– cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan 
bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui. 
Iqtisodiyot
– mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, 
xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma 


42 
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat o‘ta murakkab tizim. 
Ishlab chiqarish
– kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. 
Taqsimot
– ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli 
qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. 
Ayirboshlash
– jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni. 
Iste’mol
– ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj
– insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurat. 
Moddiy ehtiyoj
– moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi 
zarurat. 
Ma’naviy ehtiyoj
– insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va 
ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va 
xizmatlarga bo‘lgan zarurat. 
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni
– ehtiyojlarning turlari kengayib
miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin