18
oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoji alohida, yakka
tarzda qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat
fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar
birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
Masalan, ta’lim olish binolari,
kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va
ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish, mamlakat
mudofaasi va tinchligini
saqlash kabilar shular jumlasidandir.
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi
nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan
ehtiyoj.
Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug‘ullanishi, madaniy hordiq
chiqarishidan
ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishi lozim.
Ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng
undan yuqori darajada namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj.
Bu
turdagi
ehtiyojlarga
bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug‘ullanish, dam
olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei,
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji.
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi,
darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar.
Masalan,
katta
yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va
ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning
yakka ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro
teng va
boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan
farq qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: