Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari
1

Tovar mahsulotlari nomlari 
2010 
2012 
2014 
2016 
2018 
Engil avtomobillar (ming dona)
 
217,7 
235,5 
250,7 
92,7 
213,3 
Avtobuslar (dona)
 
1268 
1100 
1217 
908 
949 
Traktorlar (dona)
 
2807 
1792 
2196 
720 
3393 
O‘simlik yog‘i (ming tonna)
 
235,6 
236,0 
230,0 
197,1 
185,1 
Un (ming tonna) 
1217,3 
1820,3 
1979,3 
2268,2 
2726,0 
 
Mamlakatimizda 
tovar 
ishlab 
chiqarish 
va 
ayriboshlashning 
rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko‘rsatishning 
yildan-yilga oshib borishida ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 
global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etib turgan sharoitda tovar ishlab 
chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash 
jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, 
sifatining takomillashuvi va turlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, 
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish 
bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini 
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini 
takomillashtirishdan iborat
 
diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni 
kengaytirishning muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.
 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida dunyoning 
hamma mamlakatlarida, hamma hududlarda va ulardagi hamma xo‘jaliklarda,shu 
jumladan, bizning mamlakatimiz xo‘jaliklarida ham ommaviy ravishda tovar 
ishlab chiqariladi va ayirboshlanadi, bu jarayondan hamma foydalanadi, oldi-sotdi 
qiladi. Lekin shu oldi-sotdi bo‘layotgan tovarning ikki xil xususiyatga ega 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari. 


134 
ekanligini, bu xususiyatlarni bilishning bozor ishtirokchilari uchun o‘ta muhim 
ekanligini hamma ham tushunavermaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa: maxsulot yoki 
xizmat ham tovar bo‘lavermaydi. Masalan, dehqonning o‘z tomorqa xo‘jaligida 
o‘zining iste’moli uchun etishtirgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari 
ko‘pchilik oilada kishilarning o‘z oilasi uchun qilgan xizmatlari tovar bo‘lmaydi. 
Tovar bo‘lishi uchun eng avvalo, u bozorda sotish uchun boshqalarning extiyojini 
qondirish uchun ishlab chiqarilishi, unda ikki xususiyat: naflilik va qiymat mavjud 
bo‘lishi shart.
Demak, tovar bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonning qiymat va 
naflilikning birligidan iboratdir. Tovardagi bir-biriga qarama-qarshi turgan bu ikki 
xususiyat unda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan ya’ni aniq va 
abstrakt mehnatning natijasida kelib chiqadi. 
Bunda aniq mehnat tabiat ashyolaridan foydalanib tovarning nafliligini ya’ni 
kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojini qondirish qobiliyatini yaratadi, 
ya’ni yerning tuproq unumdorligidan foydalanib, turli xil qishloq xo‘jaligi 
maxsulotlarini ishlab chiqaradi, yer qaridan olingan temirdan turli xil asbob 
uskunalar, buyumlar, mashinalar yasaydi. O‘rmonda o‘sib turgan yog‘ochlardan 
uylar quradi, yog‘och buyumlar yasaydi va h.k. Abstrakt mehnat esa uning 
qiymatini yaratadi. Gap shundaki, mehnatning ikki tomonlama tabiati bir vaqtning 
o‘zida ro‘y beradi va bir vaqtning o‘zida tovarning ikki xil xususiyati yaratiladi. 
Tovarning qiymatini va nafliligini, ularning bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki 
tomonini, bu ikki tomonning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib 
turishini, ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda hamda o‘rin almashib, shakl almashib 
turishini bilmaslik natijasida sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan iqtisodiy 
jarayonlarni, ularning omillari, manbalari va natijalarini bir-biri bilan adashtirish
ularga bir xil tushuncha deb qarab, chalkashliklarga yo‘l qo‘yish xollarini keltirib 
chiqaradi. Masalan, tovarning qiymati va nafliligining farqiga bormaslik, ularni 
aniq ajrata bilmasdan bir xil tushuncha deb qarash nazariy va amaliy jihatdan 
zararli xulosalar va amaliy harakatlar qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday noaniqlik 


135 
va chalkashliklar K.Marksgacha yashab, ijod qilgan va undan to hozirgacha 
iqtisodiy ta’limotlar tarixida ma’lum bo‘lib, ijod qilgan. 
Agar biz ikki tomonlama yondashuv va taxlil usulini qo‘llab, har bir tovarda 
va xizmat birligida, binobarin yaratilgan barcha tovarlarda qiymat va naflilik 
borligini mana shu qiymat va naflilik degan tushunchalarni, ularning kelib chiqish 
sababi bo‘lgan mehnatning ikki tomonlama tavsifini (aniq va abstrakt mehnatni) 
ularning harakatidagi o‘zgarishlarni bilsak, uni e’tiborga oladigan bo‘lsak va uni 
rivojlantirsak, o‘z faoliyatimizda qiymatni ko‘paytirishga emas, aksincha, uni 
kamaytirib naflilikni ko‘paytirishga harakat qilishimiz zarurligini anglaymiz. Bu 
narsani to‘g‘ri va aniq tushunish uchun yana bir bor misol bilan ko‘rsatishimiz 
mumkin. Masalan, g‘alla, paxta, sabzavot ekayotgan xo‘jalik ularni ekish, o‘stirish, 
parvarishlash va nihoyat yig‘ib olish uchun mehnat, moddiy, pul xarajatlarini 
amalga oshiradi. Bunda turli darajadagi xo‘jalik uchun, jumladan dehqon uchun 
etishtirayotgan turdagi mahsulotning hajmi va sifatini oshirish muhimdir
xarajatlarni esa iloji boricha kamroq sarflash, binobarin, qiymatni pasaytirish 
asosiy maqsad bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo‘lishi 
uchun unda ikki xususiyat mavjud bo‘lishi shart.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin