137
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg
donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning
bu miqdoriy nisbatida
ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
1
fikriga ko‘ra, tovarlar qiymatining
umumiy asosi bo‘lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-
biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy
xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo‘la olmaydi. Hatto
ayirboshlashning zarur sharti sifatida tovarlarning nafliligi ham asos bo‘la olmaydi.
Chunki, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq
qilish bilan birga miqdoriy
o‘lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo‘lgan
umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman
inson
mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va
hokazolari sarfining mahsulidir.
Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat
uning qiymatini tashkil qiladi.
Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi,
shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati)
qiymat shakli bo‘lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov
tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari
sifatida ajratilib ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab
chiqarish va uni sotish (ko‘pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb
ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda)
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi),
tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq
bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich
– almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan
miqdoriy nisbatdir».
2
Tovarning o‘zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy
birligidan iboratdir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov
tomonidan
qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l
1
Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga yondashuvlarida ma'lum farqlar mavjud bo‘lsada, ularga A.Smit,
D.Rikardo, U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.
2
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, с.129.
138
qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham xoli emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish
xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik deb
hisoblaymiz. Aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib,
aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam bo‘ladi.
Tovar
qiymatining miqdori
Dostları ilə paylaş: