Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Ishlab chiqarish usuli
– ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar
– ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar 
bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-
buyumlashgan unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari). 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
– ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat 
ustqurmasi majmui.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
– hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga 
keladigan munosabatlar. 


126 
Ishlab chiqarishning texnologik usuli
– mehnat vositalari, materiallar, 
texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui. 
Oddiy kooperatsiya
– bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi 
xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushmasi. 
Manufaktura
– mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud 
bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiya. 
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish
– mehnat taqsimoti hamda mashinali 
mehnatga asoslangan kooperatsiya. 
Iqtisodiy tizim
– mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni 
tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan 
birgalikdagi tizimi. 
Mulkchilik munosabatlari
– mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni 
o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Mulkdan foydalanish
– mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki 
ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol 
qilinishi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin