123
muhimi, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini bundan-da
yuksaltirishga xizmat qiladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tashkil qilingandan so‘ng o‘tgan qisqa
vaqt ichida muayyan ishlar amalga oshirildi. Qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar asosida davlat mulki obyektlarini xususiy sektorga sotishda bozor
islohotlariga o‘tish ta’minlandi, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish,
faol investitsiya siyosatini yuritish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha
sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlar,
shu jumladan, investorlar o‘rtasida shaffoflik va savdolarning ochiqligi
ta’minlandi. 2019 yilning birinchi yarmida jami 384 ta davlat aktivi xususiy
mulkka sotilgan: Shundan:
1
- 15 tasi to‘lov qiymatida (obyekt va aksiya paketi (ulushi) bo‘lib, 7 tasida
narxini tushirish mexanizmi qo‘llangan holda 23 994,0 mln. so‘m to‘lov qiymatida
9 650,0 mln. so‘m investitsiya kiritish va 25 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan;
- 293 tasi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bo‘lgan qiymatda o‘tkazilgan savdolarda
jami 8 463,0 mln. so‘m sotib olish to‘lovlarini to‘lash hamda 201 853,0 mln. so‘m
investitsiya kiritish va 3 310 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan;
- 76 tasi “nol” xarid qiymatida jami 146 213,0 mln. so‘m va 37 860,0 ming
AQSh dollari ekvivalentida investitsiya kiritish hamda jami 2 786 ta yangi ish o‘rni
yaratish sharti bilan sotilgan.
Shuningdek, joriy yilning 30 iyun holatiga ko‘ra, savdoda turgan aktivlar soni
jami 186 ta bo‘lib, shundan 26 tasi to‘lov qiymatida, 22 tasi “nol” qiymatda hamda
138 tasi boshlang‘ich bahosi 1 so‘m bo‘lgan qiymatdagi obyektlardir.
Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, “Biz bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini o‘zaro
sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz.
Internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer
Dostları ilə paylaş: