Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

uchastkalarini, 
jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi
ni o‘rnatish zarur. 
1
http://www.biznes-daily.uz/ru/gazeta-birja/66704-xususiylashtirish-uzgarishlar-va-yangi-qadamlar 


124 
Shu maqsadda 2018 yildan boshlab 
elektron savdo maydonlari orqali davlat 
aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etildi

1

2019 yil 13 avgustdagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer 
uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni 
e’lon qilindi. 
Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va 
tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining ko‘payishiga 
imkon yaratadi. 
Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik 
faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama 
samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Chunki xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar 
va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o‘zining ishlab chiqarish va 
moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay yuqori 
ekanligi hammaga ma’lum.
Xulosalar 
 
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni 
turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-
formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik 
taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha 
yondashuvlar mavjud. 
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy 
munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va 
iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida 
ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
darajasi bilan bog‘lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi 
gazеtasi, 2017 yil 23 dеkabr. 


125 
iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga 
ajratiladi. 
3.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida 
ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, 
jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir. 
4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy 
ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. 
Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va 
foydalanish 
borasida 
subyektlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni 
bildirsa, 
mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo‘lgan 
munosabatini aks ettiradi. 
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav 
fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish 
va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga 
qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir. 
6. Mulkchilikni takomillashtirishning hozirgi davrdagi xususiyatlaridan biri – 
davlat va xususiy mulk sherikchiligini keng joriy qilishdir.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin