Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

to‘rtinchi bosqichi
(1998-2003 yillar)ning 
asosiy vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan 
mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni 
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi 
munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini 
amalga oshirish belgilandi. Xususiylashtirishning to‘rtinchi bosqichini amalga 
oshirish 
mobaynida 
1998-2003 
yillarda 
17836 
ta 
davlat 
obyektlari 
xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil 
etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik 
jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa 
shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan 
mablag‘lar hajmi 167,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonlarining – 
beshinchi bosqichi
(2004-2016 yillar) O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy 
sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, 
shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan 
obyektlarga narx belgilash mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan 
korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish 
hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli obyektlarni nol 
darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini 
qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi
1
.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-
bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2004-2016 
1
Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые 
Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики – 
стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско-
преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – 
М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23. 


119 
yillar davomida 6140 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan 
mablag‘larning jami hajmi 1001,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan (3.2-jadval).

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin