3.4-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga
qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan
ko‘proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab
qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan
samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol
o‘ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan
ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar
Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat
ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish
Ko‘plab o‘rta va yirik korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga
aylantirish hamda ularning aktsiyalarini rеspublika qimmatli
qog‘ozlar bozorida sotish
Aktsiyalarining nazorat pakеti davlat mulkida bo‘lgan yirik
korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish
I bosqich
(1992-1993
yillar)
II bosqich
(1994-1995
yillar)
III bosqich
(1996-1998
yillar)
IV bosqich
(1998-2002
yillar)
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy invеstitsiyalarni
jalb
etish,
boshqaruv
samaradorligini
oshirish
va
mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi
uchun sharoitlar yaratish
V bosqich
(2003 yildan
boshlab)
Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va
jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sеktorning ishtirokini
faollashtirish va salmog‘ini oshirish
117
tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat
korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan