131
asosida individual xo‘jaliklarning
tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li
bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni
turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi.
Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi,
demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib ham boradi.
Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligini rivojlantirishning
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab
chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko‘proq bog‘lanib boradilar. Dastlabki davrlarda
tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari
o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman
jamiyatning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari
jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular
o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar;
3) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy
alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal
qilishini bildiradi;
4) Pulning kelib chiqishi va rivojlanishi;
5) Ishchi kuchining tovarga aylanishi.
Xuddi shu besh holat hamma narsani tovar sifatida
ayirboshlash va ishlab
chiqarishni tovar sifatida olib borishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti
vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni
bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab
132
chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab
chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri
bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: