Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qiymat qonuni tovar ishlab 
chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning 
o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali o‘lchanishini ifodalaydi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan kamroq 
bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning 
mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib 
chiqarilishlari yoki xonavayron bo‘lishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va 
moddiy sarflarni kamaytirishni rag‘batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish 
sohalari bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak 
mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur 
sarflaridan kamroq sarflashga erishib bozor narxlarida sotishlari va yuqori foyda 
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb 
bo‘lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali 
ishlab chiqarish usullarini o‘z vaqtida qo‘llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so‘ng 
o‘z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. 
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi 
natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning 
ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy 
qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo‘lgan holda narx = qiymat. 
Talab > taklif bo‘lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‘lgan holda narx < qiymat.


142 
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv qiymat qonunining 
kuchi ta’siri ostida bo‘ladi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin