4.3-rasm. Oltin va qog‘oz pullarning o‘zaro bog‘liqligi
Bundan ko‘rinadiki, pul kapital sifatida muomalada bo‘ladi, unga qo‘shimcha
ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi
1
.
4.4-rasm. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi
hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib
chiqishiga sabab bo‘ldi va uning rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
1
Shodmonov Sh. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va krеdit. Maxsus nashr,
2001, 9-b.
Qog‘oz pullar
Chеklangan rasmiy
naflilik
Qo‘shimcha naflilik
Qiymat bеlgisi
Naqd pullar
Krеdit pullar
Vakolatli qiymat
Nafliligi
Oltin pul
Qiymati
Chеklangan rasmiy
naflilik
Qog’oz pullar
Qiymat bеlgisi
Rеal naflilik
Rasmiy naflilik
Oltinning qiymati
Qiymat bеlgisi
154
4.5. O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘mning muomalaga kiritilishi
va uning barqarorligini mustahkamlash yo‘nalishlari
Har qanday mamlakatdagi tovar-pul munosabatlarining to‘laqonli amal
qilishi, eng avvalo, muayyan mamlakat milliy valyutasining mavjud bo‘lishi
hamda barqaror amal qilishini taqozo etadi.
Mamlakatimizda milliy valyutaning ahamiyatiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimovning: «Milliy valyuta – milliy iftixor,
davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga
tegishli umumiy boylik va mulkdir»
1
, degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir. Shunga
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z milliy
valyutamizni muomalaga kiritish muhim va murakkab vazifalardan biri sifatida
namoyon bo‘ldi. Bu borada hukumatimiz tomonidan har tomonlama asoslangan,
izchil iqtisodiy siyosat amalga oshirildi. Unga binoan, respublikamiz o‘z
mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, dastlabki yillarda sobiq Ittifoq pul birligi –
rubl hududida amal qilish obyektiv zarurat sifatida tan olindi. Zero, ittifoqdosh
respublikalarning siyosiy jihatdan mustaqillikka erishishlariga qaramay, ular
iqtisodiyotining birdaniga, zudlik bilan rubl hududidan ajralib chiqishlari uchun
iqtisodiy shart-sharoitlar mavjud emas edi. Bunday holat yagona pul makoni
doirasida yuqori darajada muvofiqlashtirilgan iqtisodiy, birinchi navbatda, pul-
kredit siyosatining amalga oshirilishini taqozo etar edi. Shunga ko‘ra, dastlabki
pallada Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki pul emissiyasi bo‘yicha
monopolistik huquqni amalga oshirib, rubl amal qilgan barcha mamlakatlarning
hududida pul barqarorligini ushlab turish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish
mas’uliyatini zimmasiga oldi. Biroq, bozor munosabatlarining shakllanishi bilan
bog‘liq holda narxlarni erkinlashtirish jarayonlari respublikalararo savdo
jarayonlarida nomutanosibliklarni keltirib chiqara boshladi. Respublikalar savdo
balanslari taqchilligini eksport narxlarini o‘zgartirish, kredit emissiyasi hisobiga
moliyalashtirishga majbur edilar. Bundan tashqari, davlat korxonalarini keng
1
Karimov I.A. O‘zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbеkiston, 1995, 217-b.
155
miqyosli subsidiyalash bo‘yicha tadbirlar ahamiyatli darajada Rossiya Davlat
bankining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtirilar edi. Ko‘rsatib o‘tilgan
omillar natijasida rubl hududidagi pul-kredit nazoratining bo‘shashib ketishi
inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi zarurligi 1993
yilda dastlab Rossiyaning, keyinchalik MDH boshqa qator mamlakatlarining o‘z
milliy valyutasini muomalaga kiritishi bilan yanada kuchaydi. Chunki,
O‘zbekistonga boshqa respubliklar hududida amal qilish huquqini yo‘qotgan eski
rubl pul birliklari oqib kela boshladi. Qolaversa, rubl hududida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki mustaqil ravishda mamlakatdagi pul-kredit
sohasining rivojlanishini to‘liq nazorat qila olmas edi. O‘zbekiston rubl hududidagi
bunday ahvol natijasida juda mushkul va zararli holatga tushib qolgan edi. Chunki
boshqa davlatlar to‘lov va hisob-kitoblarida foydalanilishi to‘xtatilgan 1961-1992
yillar namunasidagi qadrsizlangan rubllar evaziga O‘zbekistondan turli mahsulotlar
olib chiqib ketila boshladi. O‘zbekistonga boshqa davlatlarda o‘z kuchini
yo‘qotgan sovet pullari oqib kelishining oldini olish hamda respublika iste’mol
bozorini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
1993 yil 5 mayda «Pul muomalasini tartibga solish hamda respublika iste’mol
bozorini himoyalashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Ushbu
qarorga binoan aholi tomonidan tovarlarni xarid qilish va depozit operatsiyalarini
amalga oshirishda pasport hamda kupon tizimi tatbiq etildi. Xususan, qarorda:
1993 yilning 10 mayidan boshlab omonatlarga pullarning qo‘yilishi faqat
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan pasport asosida amalga oshirilishi;
25 ming rublgacha bo‘lgan qiymatdagi tovarlarni – cheklar, chek daftarchalari yoki
omonatchilarning topshirig‘i bo‘yicha ularning bank muassasalaridagi shaxsiy
hisob raqamlaridan naqd pulsiz o‘tkazish orqali sotilishi; cheklar va chek
daftarchalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berish va boshqa
chora-tadbirlar belgilab berildi.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritish ikki bosqichda
amalga oshirildi: birinchi bosqich 1993 yilning noyabr oyidan 1994 yilning
156
iyunigacha bo‘lgan davrni, ikkinchi bosqich esa 1994 yilning iyun-iyul oylarini o‘z
ichiga oldi.
Pul islohotini o‘tkazishda mamlakatimiz hukumati tomonidan aholini ijtimoiy
himoya qilish, uning daromadlarining yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga
katta e’tibor qaratildi. Shunga ko‘ra, muomaladagi eski pul birliklarining amal
qilishini to‘xtatish ham sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Jumladan:
- 1993 yilning 15 noyabridan boshlab 1992 yil namunasidagi 5000 va 10000
rubl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;
- 1993 yilning 1 dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961-1992
yillardagi 200, 500 va 1000 rubl qiymatidagi pullarining barcha ko‘rinishdagi
to‘lovlar sifatida qabul qilinishi to‘xtatildi;
- 1993 yilning 15 dekabridan boshlab 50 i 100 rubl qiymatdagi pul
belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;
- 1994 yilning 1 yanvaridan boshlab 1, 3, 5, 10 va 25 rubl qiymatdagi pul
belgilari muomaladan chiqarildi;
- 1994 yilning 15 aprelidan boshlab O‘zbekistonning barcha hududida Rossiya
Banki banknotlarining muomalada bo‘lishi to‘xtatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasi hududida «so‘m-kupon»ning muomalada bo‘lish
tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida
1993 yilning 6 dekabridan boshlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000,
10000 so‘m qiymatidagi «so‘m-kuponlar» mamlakatimiz hududida qonuniy to‘lov
vositasi sifatida tan olindi.
O‘zbekistonda milliy valyutani joriy etishda dastlab «so‘m-kupon»ning
muomalaga kiritilishi quyidagilarga imkon yaratdi: birinchidan, milliy pul
islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini optimallashtirish uchun
respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha real omillarni to‘la aniqlash va hisobga
olish; ikkinchidan, mustaqil moliya-kredit va narx siyosatini yuritish bo‘yicha
muayyan tajriba orttirish; uchinchidan, milliy pul birligini joriy etish strategiyasi
va mexanizmini o‘rganish, inflyatsiya jarayoniga qarshi kurash tadbirlari ishlab
157
chiqish va sinovdan o‘tkazish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini yo‘lga qo‘yish
va hokazo.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
122-moddasi
hamda
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
Qonunning
111-moddasiga,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq, 1994
yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta –
«so‘m» muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning joriy etilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Markaziy bankining kassa ishini tashkil etish to‘g‘risida, miliy
valyutani muomalaga chiqarish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi,
shuningdek, qimmatliklarni qayta baholash hamda yuridik shaxslarning
buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi ishlab chiqildi.
Bank muassasalari tomonidan 1994 yilning 1 iyuli holati bo‘yicha yuridik
shaxslarning hisob va joriy raqamlaridagi barcha pul mablag‘larini va boshqa
qimmatliklarni inventarizatsiya qilish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida
1000 so‘m-kuponni 1 so‘m nisbatida qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
Tovar-pul munosabatlarining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan milliy
valyutaning barqarorligiga ham bog‘liq. Bu borada mamlakatimiz birinchi
Prezidenti I.A.Karimov: «Bugungi eng muhim vazifa – valyutamizni baquvvat,
dunyoda obro‘li valyutaga aylantirishdir. U yuksak qiymatga va katta kuchga ega
bo‘lishi lozim. So‘mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish –
umummilliy vazifa»
1
, deya ta’kidlab, bunga erishish uchun aniq vazifalarni hal
etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar to‘plamini ko‘rsatib berdi (4.3-jadval).
Bu belgilangan dasturlarning izchil ravishda amalga oshirilishi milliy
valyutamizning mustahkamlanishiga, qat’iy valyutalarga nisbatan uning almashuv
kursining barqarorlashuviga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Milliy
valyutamiz so‘mning barqarorligini ta’minlash, uning xarid quvvatini oshirish
doimiy ravishda davlatimizning e’tiborida bo‘lib, uning chora-tadbirlari
ko‘rilmoqda.
1
Karimov I.A. O‘zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbеkiston, 1995, 218-b.
|