148
yozuvlar bo‘lgan. So‘g‘d va Xorazm davlatlarida eramizning birinchi yarmida
kumush va mis qo‘llanilgan antik andozasining O‘rta Osiyoga xos turi saqlanib
qolgan. O‘zbekiston bilan Turkmanistonning janubiy qismida yashagan
ko‘chmanchi xalq - qabilalari barpo etgan ulkan Kushon imperiyasida pul tizimi
kumushga emas, balki oltinga asoslanganini aytish mumkin.
O‘sha davrda tangalar mamlakatning turli shaharlarida masalan, Samarqand,
Buxoro, Mashxad, Balh,
Nishopur, Saras va boshqa shaharlarda chiqarilgan.
Bundan tashqari XVI-XVII asrlarda Abdullaxon va Shayboniyxonlar tomonidan
o‘tkazilgan pul islohotida ham asosan oltin pulga asoslangan.
Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini
o‘tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan
tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb
qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709
yillarda oltin
tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda
yuqori – 958 bo‘lgan
1
.
Shayboniyxon va Abdullaxonlardan keyin 1695-1709 yillarda Joniylar davlati
shakllanib oltin tanga zarb qilish muntazam yo‘lga qo‘yildi.
Shunday qilib, pulning kelib chiqishi tarixida eng avvalo, umumiy
ekvivalentlik rolini bajaruvchi bir nechta metallar (oltin, kumush, mis, bronza
v.b.), keyinchalik esa bimitalizm ya’ni ikki xil metall pullar (kumush va oltin)dan
oxirida esa monometal (oltindan) yasalgan tangalar muomalada bo‘lgan.
Bizning mamlakatimizdan ancha keyin, XIX
asrning oxirida mamlakatlar
birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o‘ta boshladilar. Bu hol
Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir
bo‘ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda,
Gollandiyada 1877 yilda joriy etilgan edi.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o‘lchamga
keltirish mumkinligi;
1
Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar.
149
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
- bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish
mumkinligi;
- bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi;
- tabiatda nisbatan kamyobligi;
- ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir
metallning qiymati ancha
yuqoriligi.
Shu xususiyatlarga ko‘ra umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar
ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: