Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

to‘lov vositasi 
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina 
to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz 
berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. 
Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan 
kelib chiqqan.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog‘oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni 
va tabiati to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Amerika, G‘arbiy Yevropa va Rossiyada 
chop etilgan iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida qog‘oz pulning tovar emasligi 
qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, 


152 
boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi 
orqali belgilaydilar
1
.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar 
ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini 
tushunmaydilar. Bizning nazarimizda qog‘oz pullar ham alohida tovar bo‘lib, 
boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida 
xizmat qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning kundalik hayotimizda 
deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida barcha valyuta ayirboshlash punktlarida 
pul savdosi sodir bo‘lib turibdi. Bu hodisa bir kunda bir marta emas million 
martalab sodir bo‘lmoqda. Mana shuning o‘zi qog‘oz pullarning tovar ekanligin 
isbotlaydi. Undan tashqari qog‘oz pullar ham boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama 
xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari 
qiymatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. 
Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga 
almashuvchanligida ifodalanadi. To‘la qimmatli pullardan o‘z qiymatiga ega 
bo‘lmagan pul belgilarini qo‘llashga o‘tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning 
rivojlanishi natijasida qog‘oz pul oddiy tovarlarga xos bo‘lgan xususiyatlar – 
qiymat va iste’mol qiymatga ega bo‘lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin 
puldagi ikki xususiyatni – qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi.
Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar 
qiymati bevosita qiymatga ega bo‘lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat 
belgisiga ega bo‘lgan vakolatli «tovar» bilan o‘lchanadi
2
(4.3-rasm).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent bo‘lib emas, 
balki o‘z egasining qo‘lida foyda, daromad olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, 
o‘zidan-o‘zi o‘suvchi qiymatga, bir so‘z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning 
natijasida qog‘oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog‘oz pul, 
1
Qаралсин: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, 
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 163-б.; Экономическая теория: 
Учебник./ Под ред. А.Г.Грязновой, Т.В.Чечелевой. – М.: Издательство «Экзамен», 2004, 189-191-б.; Курс 
экономической теории. Учебное пособие под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во «АСА», 
1995, c. 96.
2
Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida milliy valyuta barqarorligini ta'minlashning nazariy 
asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 9-11-b.


153 
tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, to‘lov talabnomalari va 
h.k.). Ularning tub xususiyatlari 4.4-rasmda aks ettirilgan.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin