160
Agar naflilik (iste’mol qiymati) aniq mehnat orqali yaratilsa,
almashuv qiymati
abstrakt mehnatning natijasi hisoblanadi.
3.
Qiymat tovarning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta
ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun
mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan
tovar
ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat
mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
4.
Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida asosan ikki xil
yo‘nalishdagi yondashuv mavjud:
qiymatning mehnat nazariyasi, naflilik va
keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalari. Birinchi nazariya tovar qiymatini
unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari tashkil qiladi desa, ikkinchi
nazariya tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo‘shilgan tovar
nafliligi belgilab beradi, deb ko‘rsatadi.
5.
Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida
umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma
tovarlarni ayirboshlash
mumkin bo‘lgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqdi.
6.
Pul o‘zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi: tovar
pullar (pul o‘rnini har xil mahsulotlar bosgan); to‘la qiymatga ega pullar (oltin yoki
kumush); to‘la qiymatga ega bo‘lmagan pullar (qog‘oz pullar, oddiy metall
tangalar); kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka).
7.
Mamlakatimizning mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda
milliy
valyutamiz (so‘mning) muomalaga kiritilishi nihoyatda katta rol o‘ynadi.
Dostları ilə paylaş: