161
Tovar ishlab chiqarish
– mahsulotlarni o‘z iste’moli
uchun emas, balki
bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning ehtiyojini qondirish
maqsadida ishlab chiqarish.
Naflilik
– tovarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan
ehtiyojini
qondirish layoqati.
Ijtimoiy zaruriy naflilik
– talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi
naflilik.
Qiymat
– tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mehnat.
Almashuv qiymati
– biror turdagi iste’mol
qiymatning boshqa turdagi
iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati, ayrim tovarlar
qiymatining boshqa tovar qiymatida ifodalanishi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti
– muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish
sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o‘rtacha
bo‘lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti.
Qiymat qonuni
– tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati
asosida
amalga oshishini, qiymatning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari
orqali o‘lchanishini ifodalovchi sabab-oqibat bog‘liqligi.
Aniq mehnat
– ma’lum maqsadga qaratilgan,
muayyan bir shaklda
sarflanadigan va aniq turdagi iste’mol qiymatlarni, naflilikni vujudga keltiradigan
mehnat.
Abstrakt mehnat
– turli tovarlarda gavdalangan mehnatning aniq shaklidan
qat’iy nazar umuman inson mehnatining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Dostları ilə paylaş: