Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

pul
– bu hamma 
tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini 
o‘ynovchi maxsus tovardir. 
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo‘lgan 
tovarlarga va ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo‘lgan pulga 
ajraladi: 
Tovarlar 
Tovarlar dunyosi 
Pullar 
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko‘rib 
chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning metallistik, nominalisitik 
va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. Pulning kelib chiqishi va muomalada 
bo‘lishi metall pullar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli dastlab pulning metallistik 
nazariyasi vujudga kelgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir metallar (oltin va 
kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo‘lgan. 
Pulning 
metallistik
nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab 
namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini 
oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan 
olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va 
iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fetishizmining 
rivojlanishiga olib keldi. 


150 
Pulning 
nominalistik
nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi 
chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini 
inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir 
metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining 
qarashlari o‘rta asrlarda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan metall tangalarning 
muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo‘ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat 
hokimiyatining mahsuli, shunga ko‘ra faqat davlatgina pullarning qiymatini 
belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin 
standartning tan olinmasligi, uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya 
yanada rivojlandi. 
Pulning 
miqdoriy
nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari 
darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga 
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar 
va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir, 
degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin