Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
4.2-rasm
Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o‘zaro aloqasi hamda bir-birini 
to‘ldirishi 
Naflilik va 
q
o‘
shilgan 
naflilik 
Tovar 
qiymatining 
aniqlanishi 
Ijtimoiy zaruriy 
mеhnat sarfi 
Istе'molchi va 
xaridorlar 
Bozor 
ishtirokchilari 
manfaatining 
ifodalanishi 
Ishlab 
chiqaruvchi va 
sotuvchilar 
Talab 
Bozorda 
namoyon 
b
o‘
lishi 
Taklif 
Narx 
Tovar 
nafliligining 
puldagi ifodasi 
Tovar 
qiymatining 
puldagi ifodasi 
Q
o‘
shilgan 
naflilik 
nazariyasi 
Qiymatning 
turli 
nazariyalari 
Mеhnat 
nazariyasi 
K.Mеngеr, 
F.Vizеr, 
Е.Bеm-Bavеrk 
Qiymat 
nazariyalari 
asoschilari 
U.Pеtti, A.Smit, 
D.Rikardo, 
K.Marks 


145 
U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini tovar 
qiymati va bahosini faqat naflilik bilan tushuntirib bo‘lmasligini ko‘ra bildi. 
A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif 
nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat 
qildi. 
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan 
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) 
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir 
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinishlari xususan 
A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona 
manbai, narxning yagona asosi va bozor xo‘jaligida jamiyat daromadlarining 
yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, 
ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda 
qo‘shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa 
qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab 
chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali 
aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan 
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli 
nazariyalarni sintez qilishga o‘tildi. Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha 
yetkaza olmadi.
U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni 
ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o‘rniga 
qo‘shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘rniga ishlab chiqarish 
xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‘liq hisobga 
olinmadi. 
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan 
narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu 
asosda hosil bo‘ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga 
olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy 


146 
e’tiborni qaratgan bo‘lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. 
Ularning biri ko‘proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil 
qilgan bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan 
qaraydilar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki 
tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan tugunga e’tibor 
qaratish zarur. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin