Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti
deb nom oldi. Uning 
asosiy belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka 
asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida 
umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilarning shaxsan erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun 
kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat 
kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, 
ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi; j) bozor 
xarakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash. 


167 
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi 
hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal 
qiladi. Uning asosiy belgilari: 
a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, 
ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; 
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning 
bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro 
miqyosda umumlashganligi; 
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, 
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni 
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; 
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes 
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar); 
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy 
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining 
vujudga kelishi. 
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari 
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari 
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. 
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining 
o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda 
davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, 
zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (5.2-rasm). 


168 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin