169
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika
va texnologiya vositasida
ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, kim
uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy
iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan
an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan
holdagi taqsimot
va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni
o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos
xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va
taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar
qanday hajmda band
qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga
olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori
darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot
va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda
keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona
foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab
chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z
raqobatchilari oldidagi
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha
170
xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va
qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga
layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor
iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur
iqtisodiy tizimning samarali
va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin
yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: