180
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi
intellektual tovarlar
bozoridir
. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy g‘oyalar,
texnika yangiliklari, san’at
va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi
qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash
katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib,
bu
bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar
yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat
ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida
tovar sifatidagi mehnat
vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina,
asbob-uskuna,
xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda
sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish
iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari
va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (5.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: