Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar 
(sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida 
vujudga keladigan munosabatlar majmuasi. 
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida 
ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik. 
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi 
davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir. 


176 
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar 
oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni 
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, 
sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, 
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar 
oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning 
barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi.
Bozor mexanizmi – 
bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy 
jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. 
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini 
ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. 
Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga 
jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va 
unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar. 
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, 
avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat 
tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar
yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari 
bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don 
birjalari va auksion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin