184
Bozor infratuzilmasi
– bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir
maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar
(ombor
xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar,
birjalar,
auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar
(bank,
kredit muassasalari, sug‘urta va
moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar
(uy-joy va kommunal
xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4) axborot xizmati idoralari
(ma’lumotlarni to‘plash,
umumlashtirish va
sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-
sotiq,
moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga,
ishchi kuchini
yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha
tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ularning
bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari
mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari
uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat
qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan
asosiylarining qisqacha
tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: