Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ulgurji savdo firmalari
tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib 
olib, keyin iste’molchilarga sotadi. 
Chakana savdo firmalari
turlicha faoliyat 
yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat 
bo‘ladi. 
Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga 
asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. 
U tovarlarning deyarli barcha turlari 
bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga 
bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga yetkazadi
ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. 
Qo‘lga kiritilgan yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalambor, tizimli 
demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy liberallashtirishni yanada 
chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirish — 
bularning bari muvaffaqiyatlarning asosiy omilidir. E’tiborli jihati, yalpi ichki 


187 
mahsulotning muttasil o‘sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari yoki bo‘lmasa, 
jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom-ashyo hamda materiallar 
narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar 
ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish 
evaziga ta’minlanmoqda. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasi o‘laroq, iqtisodiyotni tarkibiy 
jihatdan o‘zgartirish, qayta ishlangan hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega 
bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining 
tashqi bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda. 
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi 
muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital 
bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy 
muassasalarning aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy 
belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan 
bog‘liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar subyektlarning ortiqcha pul 
mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan 
subyektlarga pul qarz beradi. 
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona 
idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos 
o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni 
bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin