186
namunalari ko‘rgazmasi.
Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo
firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi
– o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab
chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi
firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
U ixtisoslashgan yoki
universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-
kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo
uyi har xil tovarlar bilan
savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat
ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil
yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib,
ulgurji va chakana savdo
bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi
bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan
eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi.
Tashqi savdo uylari
savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish,
kreditlar
berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida
ham qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: