Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va 
shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga 
qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi.
Bu bozorda 
mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital 
bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli 


182 
qog‘ozlar bozori. 
Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash 
sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatidir.
Bu bozorda 
asosan davlat va banklarning qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar 
(aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar) ning oldi-sotdi munosabati.
Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo‘lib, unda 
broker va dilerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati 
bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. 
Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi 
bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda 
qimmatli qog‘ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun 
qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U 
xo‘jalik subyektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini 
ta’minlaydi. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar strategiyasida “sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy 
xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish 
hisobiga kengaytirish, shuningdek fond bozorini kapitalni jalb qilish hamda 
korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi 
muqobil manba sifatida rivojlantirish”ga
1
katta ahamiyat berilmoqda. Buning 
uchun esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan 
tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki 
bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash 
va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni 
takomillashtirish zarur. 
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin