183
faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi;
kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish,
servis xizmati
ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish
imkoniyatini
ta’minlaydi.
Elektron tijorat – bu savdo va tijoratning noan’anaviy shakli bo‘lib, bunda
oluvchi va to‘lovchi o‘rtasidagi munosabat
va majburiyatlar elektron
kommunikatsiya tizimi, kompyuter dastur ta’minoti, ma’lumotlar xavfsizligi va
tartibga solish elektron tizimi orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutadi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:
- xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish
imkoniyatiga ega;
- savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;
- ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat
qila olish imkoniyati;
- kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish
va ushbu mahsulotlar mavjud
bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali
foydalanish imkoniyati;
- xaridorlarning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish
darajasidan
qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
- hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni
tanlash va sotish imkoniyati;
- elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalarning raqobatini
kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning
sifatini oshirish
imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: