Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Davlat
5.4-rasm. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor 
subyektlari o‘rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati
1

1
Muallif tomonidan ishlab chiqildi. 
Firma 
(korxona) 
Uy
xo‘jaliklari 
Istе'mol tovarlari 
bozori 
Rеsurslar 
bozori 
Davlat 
 
iqtisodiy rеsurslar 
pul mablag

lari 
 
pul м
аб
лағл
ари
 
tovar v
a x
izmat
lar
 
 
pul м
аб
лағл
ари
 
pul mablag‘lari 
tovar va xizmatlar 
iq
ti
sodi
y rе
sursl
ar
 
 
tovar va xizmatlar 
iqtisodiy rеsurslar 
tovar va xizmatlar 
tovar va xizmatlar 


181 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga 
egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab 
bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag‘lari 
resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) 
oqimini tashkil qiladi. 
Uy xo‘jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash 
jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda 
korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va 
xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini 
tashkil qiladi. 
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil 
qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy 
resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi 
kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi 
bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy 
subyektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi 
kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat 
bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida 
insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi. 
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta, 
ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag‘larga ega 
bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan 
subyektlarga taklif qiladi. 
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash 
mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital 
(mulk) bozori. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin