177
iboratdir.
Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi,
ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor
vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi.
U qiymatni
tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan
tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat
sarfini namoyon qiladi va
tovarning bozor qiymati hosil bo‘ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz
takrorlanib turishiga yordam beradi.
Ishlab
chiqarish, yangidan boshlanishi
uchun yaratilgan tovarlar sotilishi
va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli
iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan
mablag‘lar
hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan
sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan
va ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor
orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida
taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini
bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni
yetkazib beruvchilarga
uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib turadi.
Dostları ilə paylaş: