185
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-
sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-
sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni
ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar
tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash
birjadan tashqarida
yuz beradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular
nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi.
Broker (makler) – bu tovar, fond va
valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs
yoki maxsus firma.
Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish
yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham
mumkin.
Birjaning
yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan,
lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan,
oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib
tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar
ixtisoslashgan
yoki
universal
bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashgan
birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar
sotiladi.
Dostları ilə paylaş: