188
3.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z
maqsad va
manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy
munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining
tabiiy-evolyusion,
dinamik xususiyatini belgilab beradi.
4.
Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan,
o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir
qator tarkibiy tuzilmalarni
o‘z ichiga oladi.
5.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
6.
Bozor iqtisodiyoti
tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar
borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish
kam samara keltiradi yoki
umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat
ularni o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak.
Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti
–
tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
Bozor mexanizmi
– bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni
va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor
– ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar)
o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor obyekti
– ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat
natijalari
va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy
aktivlar.
Dostları ilə paylaş: