Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

kamchilik yoki salbiy jihatlari
ham mavjud: 
- atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza 
qilish mexanizmining mavjud emasligi; 
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining 
yo‘qligi; 
- mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi; 

fanda 
fundamental 
va 
amaliy 
tadqiqotlarning 
rivojlanishiga 
ko‘maklashuvning yo‘qligi; 
- rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlarning bo‘lib turishi hamda 
ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi 
holatlarining mavjudligi. 
Shuningdek, 2008 yilda AQSh ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan 
hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning 
moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy 
talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan 
bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog‘liq. Aksariyat 
rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini 
mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga 
umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib 
keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda 
iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv 
oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.
5.3. Bozor va uning vazifalari
 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, 
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha 


174 
mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng 
avvalo 
«bozor»
va 
«bozor iqtisodiyoti»
tushunchalarining bir-biridan farqlanishini 
ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda 
ifodalash, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni 
chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga 
qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor 
iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi 
natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi 
iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab 
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor 
esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor 
tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar 
bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning 
ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan 
ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor 
tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar 
almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. 
Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv 
joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, 
shaharlarning paydo bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-
sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T – T ko‘rinishida, ya’ni 
bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Bunday 
ayirboshlashda vaqt va masofa bo‘lmay, bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda almashuv 
jarayoni sodir bo‘lgan. Keyinchalik tovarlarni bunday tarzda ayirboshlashning 
ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish 
jarayoni ikkiga ajralgan va T – P – T ko‘rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T – P) 
va sotib olish (P – T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki 


175 
sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa 
vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, 
ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga 
olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi. 
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul 
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini 
bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham 
bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali 
aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni 
o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli 
sifatida namoyon bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim 
tovar – ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning 
mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina 
emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali 
o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo‘la boshladi. 
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning 
ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini 
bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan 
jarayon sifatida shakllandi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin