4.2. Tovar va uning xususiyatlari Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov
ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»
1
.
Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi va uning
nafliligiga e’tiborni qaratadi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va
«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning
maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash
uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»
2
. Bu va boshqa qator
olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki,
tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mamlakatlarda
ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
tovar shaklini olgan. Jumladan, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan yalpi
ichki mahsulotning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi jarayonidan o‘tadi.
Mamlakatimizda yaratilgan ko‘plab turdagi tovarlardan ba’zilarini misol keltirish
mumkin (4.2-jadval).
1
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект,
2005, с.144.
2
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина,
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, с.143.