Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

asosiy tarkibiy birlik.
Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori
– bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish 
maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir.
U ish yuritish uchun o‘z 
kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan 
olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. 
Davlat – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan, 
iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet 
tashkilotlari va muassasalarining majmui.
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining 
yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.
1
Bank
– iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining 
o‘zaro ta’siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (5.1-rasm). 
 
5.1-rasm. Bozor xo‘jaligi subyektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli 
1
Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. 
Г.П.Журавлевой, – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; Tojiboеva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o‘quv 
yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. / Akad. M.Sharifxo‘jayеvning ilmiy tahriri ostida. – T.: «O‘qituvchi», 
2014, 74-b.
Bank 
Uy xo‘jaligi 
Korxona (firma) 
Davlat 


166 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta 
tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab, taklif, raqobat. 
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib 
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z 
navbatida, narxlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy 
mulkchilikning ustuvorligi; 
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi
- raqobat kurashining mavjudligi; 
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun 
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap 
borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish 
zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi 
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U 
iqtisodiy adabiyotlarda 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin