170
xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va
qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor
iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur
iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin
yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: