ijobiy jihatlarini
ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko‘nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy
etishning jadal sur’ati;
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish
darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish
imkoniyati.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki,
bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos
kamchilik va ziddiyatlari mavjud.
Bozor iqtisodiyotining
asosiy ziddiyati
shundan iboratki, u o‘zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning
kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda
raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan
quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan
yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi,
kompaniyalarning xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari
172
(masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash
– bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik
ta’sirining pasayishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli,
markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini;
g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya
bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar
mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani
qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish,
aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan
yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga
ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos
keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi
tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini
bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga
taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va
xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati
hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon
bo‘ladi.
173
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi
Dostları ilə paylaş: |