176
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar
oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi.
Aksincha,
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib,
sotuvchilar zarar ko‘radilar.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik,
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa
ham zarar
oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning
barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi.
Bozor mexanizmi –
bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy
jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda
uning obyekti va subyektini
ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi.
Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga
jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va
unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari,
avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi,
benzin quyish shaxobchalari, sanoat
tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari,
turli xil supermarketlar,
yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari
bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi.
Fond birjalari, valyuta bozori, don
birjalari va auksion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir.
Dostları ilə paylaş: