175
sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa
vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar,
ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga
olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini
bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham
bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali
aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni
o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli
sifatida namoyon bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim
tovar – ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning
mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina
emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali
o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo‘la boshladi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning
ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini
bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan
jarayon sifatida shakllandi.
Dostları ilə paylaş: