Broker (makler)
– bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini
tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.
Auksion
– alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun
muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
190
Savdo yarmarkasi
– muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi
hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari
ko‘rgazmasi.
Savdo uyi
– o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab
chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni
oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
Supermarket
– bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan
keng tarmoqli savdo korxonasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?
2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlari va
farqlarini tushuntirib bering.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?
5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini
ko‘rsating.
6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab
ko‘rsating.
7. Etuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?
8. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorning qanday
turlarini ajratish mumkin?
9. Hududiy jihatdan bozorning qanday turlari mavjud?
10. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga
ta’rif bering.
|