195
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa
kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish
siyosatini tartibga solish
va boshqalar.
3.
Institutsional o‘zgarishlar.
Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish,
jumladan, xususiy sektorni
yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat
banklari, tovar va fond birjalari,
investitsiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: